G‘azo sektoriga yetib kelayotgan insonparvarlik yordami hajmi hozirda zarur bo‘lganidan 20 foizdan kam.
Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tom Fletcher jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Biz yetkazib berishimiz kerak bo‘lgan narsaning 20 foizdan kamrog‘ini yetkazib bermoqdamiz. Falastin anklaviga yuzlab yuk mashinalari kelishi kerak".
Fletcherning ta’kidlashicha, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi o‘rnatilgandan so‘ng, BMT "kuniga yuzlab yuk mashinalariga" yordam yetkazib berishni ko‘paytirish niyatida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS o‘zi taklif qilgan tinchlik rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuv imzolaganini ma’lum qilgandi.