Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

BMT: G‘azoda kamida 562 nafar yordam xodimi halok bo‘ldi

BMT: G‘azoda kamida 562 nafar yordam xodimi halok bo‘ldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lum qilishicha, Isroilning davom etayotgan havo va yer hujumlari natijasida G‘azodagi vaziyat tobora yomonlashib bormoqda — aholi yashaydigan hududlarda katta vayronagarchilik va ko‘p sonli qurbonlar qayd etilmoqda.

Bu haqda BMT Bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik tashkilotning kundalik matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMTning gumanitar yordam xodimlari G‘azo shimolidagi vaziyat keskin yomonlashgani haqida xabar bermoqda. Isroilning uzluksiz va kuchli bombardimonlari tinch aholi o‘limi va turar-joy binolarining vayron bo‘lishiga olib kelmoqda.

3 oktyabr kuni Isroilning navbatdagi havo hujumi natijasida kasalxona oldidagi avtobus bekatida turgan bir gumanitar xodim halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari og‘ir jarohat olgan.
Dyujarrik ma’lum qilishicha, 8 oktyabrdan beri G‘azoda kamida 562 nafar yordam xodimi halok bo‘lgan, ularning 376 nafari BMT xizmatchilari bo‘lgan.

Kiritildi: 14:06 04.10.2025. O'qildi: 1119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!