Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

BMT Bosh kotibi COVID-19dan keyingi eng yomon ssenariyni e’lon qildi

BMT Bosh kotibi COVID-19dan keyingi eng yomon ssenariyni e’lon qildi

COVID-19 pandemiyasi mamlakatda ham, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ham tengsizlik holatini yanada og‘irlashtirdi. U tugagach esa dunyoda rivojlanishning faqat ikkita ssenariysi paydo bo‘ladi.

Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh ma’lum qildi.

Guterrish kelajakni oldindan bilishning iloji yo‘qligiga qaramay, pandemiyadan so‘ng dunyo uchun faqat ikkita mumkin bo‘lgan ssenariyni ko‘rishini ta’kidladi: optimistik va pessimistik.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘llarning eng yomoni global depressiyani o‘z ichiga oladi, segregasiya va ksenofobiyaning ko‘payishi bilan birga keladi.

"Agar ushbu ssenariy ro‘yobga chiqsa, segregasiya, populizm va ksenofobiya qanday o‘sayotganiga guvoh bo‘lamiz. Har bir mamlakat o‘z-o‘zidan harakat qiladi yoki faqat ma’lum vazifalar bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan koalisiyalarda birlashadi", deydi u.

Bu holda, Guterrish, 5-7 yil davom etadigan global depressiyani kutish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Optimistik ssenariy universal tiklanish va rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatishni muvaffaqiyatli rejalashtirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, keyingi to‘qqiz oy ichida samarali va arzon koronavirus vaksinasining paydo bo‘lishi uning amalga oshirilishiga yordam beradi.

"Agar bu ro‘y bersa va iqtisodiyot asta-sekin tiklana boshlasa, biz ikki yoki uch yildan keyin ma’lum darajada normal holatga qaytishimiz uchun to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qila boshlaymiz", - deydi Guterresh.

 

 

Kiritildi: 21:11 07.07.2020. O'qildi: 5433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!