Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

BMT bosh kotibi AQShda kuzatilayotgan anomal sovuq havoning sababini aytdi

BMT bosh kotibi AQShda kuzatilayotgan anomal sovuq havoning sababini aytdi

AQShda havo haroratining keskin tushib ketishi global isishning oqibati, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 18 fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

«O‘rtacha havo harorati ko‘tarilyapti, juda tez ko‘tarilyapti... Bularning barchasi asosan iqlim o‘zgarishining natijasi», — dedi Guterrish.

Shuningdek, bosh kotibning ta’kidlashicha, keskin sovib ketish global isishni rad etmaydi, chunki «ba’zida natijalar harorat tushib ketishi bilan bog‘liq bo‘lsa ham, sodir bo‘layotgan barcha keskin jarayonlar iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga kelayotgan global muvozanat buzilishi oqibati hisoblanadi».

Guterrishning aytishicha, shu sababli bo‘ronlar, anomal issiq va sovuq ob-havo kuzatilyapti.

Ma’lumot uchun, AQShning janubida kuchli qor bo‘roni kuzatildi. Texas shtatining o‘zida 4,5 million xonadon elektr energiyasi va issiqlik manbaidan uzilib qoldi. Kamida 21 kishi noqulay ob-havo qurboniga aylandi.

Avvalroq AQShning 20 dan ortiq shahrida past harorat bo‘yicha rekordlar yangilangani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 09:08 20.02.2021. O'qildi: 2236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!