Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bloger Nafosat Olloshukurova holati bo‘yicha ma’lumot berildi

A A A
Bloger Nafosat Olloshukurova holati bo‘yicha ma’lumot berildi

Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida tegishli mutasaddilar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda bloger Nafosat Olloshukurova bilan bog‘liq voqealar tafsilotlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyev Nafosat Olloshukurova bilan bog‘liq voqealarga to‘xtalib o‘tdi.

– Internetda bloger Nafosat Olloshukurova bilan bog‘liq voqealar haqida xabar tarqalgach biz ham tashabbus qilib, borib uning sharoitlari bilan tanishdik – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyev. Qonunchilikka muvofiq joriy yildan boshlab Ombudsman huzurida tuzilgani ekspert guruhi mamlakatda mavjud yopiq muassasalarni ekspertlar guruhi bilan borib mo’neliksiz kirib, tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu bois biz bunday guruhni shakllantirdik va 21 oktabr kuni monitoring guruhi sud qaroriga ko‘ra Xorazm viloyatining psixonevrologik dispanseriga davolash uchun joylashtirilgan fuqaro Nafosat Olloshukurova bilan uchrashdi. Monitoring guruhida faqatgina Ombudsman xodimlari emas, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi vakili, “Ezgulik” inson huquqlari tashkilotining rahbari, “Najot” huquqni himoya qiluvchi tashkiloti rahbari va sog‘liqni saqlash tizimida psixateriya sohasidagi ekspertlarni taklif etdik. Tashrif davomida Nafosat Olloshukurovaning ruhiy holati barqarorligi, suhbat davomida tibbiyot muassasasi xodimlari bilan samimiy munosabatda ekanligini va unga nisbatan biror bir ruhiy, jismoniy tazyiq o‘tkazish hollari ro‘y bermaganligini qayd etdi. 

Matbuot anjumanida Nafosat Olloshukurovaning ruhiy holati, sog‘ligi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Oliy sud Axborot xizmati rahbari Aziz Obidov tegishli holat bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Bundan tashqari tadbirda Nafosat Olloshukurovaning voyaga yetmagan farzandlari davlat himoyasiga olinib, imtiyozli tarzda MTM ga joylashtirilgani aytib o‘tildi.

Kiritildi: 16:07 13.11.2019. O'qildi: 2348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!