Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bloger "Jahongir Otajonov kim o‘zi?"degan savolga javob berdi

Bloger "Jahongir Otajonov kim o‘zi?"degan savolga javob berdi

14 oktyabr kuni "O‘zbekkonsert" xonanda Jahongir Otajonovni lisenziyadan mahrum qilgan edi. Mazkur chorani qo‘llashga uning Samarqanddagi to‘ylardan birida dollar yomg‘irida "cho‘milgani" sabab bo‘lgan.

"O‘zbekkonsert"ning ushbu qarori xonandaning ashaddiy muxlislarida norozilik uyg‘otdi. Ana shunday muxlislardan bir guruhi Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida ""Madaniyatli”larga OTVET!" sarlavhasi ostida post qoldirishdi. Quyida post bilan tanishishingiz mumkin.

 - Jahongir Otajanov lisenziyasi olib qo‘yildi. Shu vaziyatga o‘z munosabatimni bildirib o‘tishni insoniylik burchim deb bildim.
“Munosabat” tok-shousida adashmasam boshlovchi Jahongir Otajanovning to‘ydagi roligini ko‘rib "KIM BU O‘ZI?" degan savoliga JAVOB!
1. Jahongir Otajanov hech kim tanimaydigan bloger xayriya konserti o‘tkazib berish mavzusidagi murojaatiga bir yarim soatda HA deb javob bergan inson.
2. Hech qanday gonorarsiz 100 % xayriya konserti o‘tkazishga rozilik bergan inson.
3. O‘zi Turkiyada bo‘lsa ham aynan mana shu konsert uchun Turkiyadan Xorazmga kelgan inson.
4. Bu xayriya konsertidan 50mln pul bolalar poliklinikasiga o‘tkazlishiga sababchi bo‘lgan inson.
5. Nafaqat Xorazmda, balki boshqa viloyatlarda ham bepul xayriya konserti o‘tkazib berishga tayyorligini aytgan inson.
6. Har oyda o‘zining 1mln dan ortiq obunachisi bor instagram ijtimoiy tarmog‘ida yordamga muhtoj oilalarini qo‘yib boruvchi inson. Bir misol, Jahongir Otajanov va bir qancha blogerlarimiz qo‘ygan yordamga muhtoj go‘dakka 450 ming rubl pul yig‘ilgan, bu esa 6000 $ dan oshiq pul bo‘ladi.

Hurmatli “Munosabat” tok-shousi ijodkorlari nimaga Jahongir Otajanovning lisenziyasini olib qo‘yishni talab qilishdan va madaniyat haqida gapirishdan oldin nimaga yuqoridagi ma’lumotlarni ham ommaga ko‘rsatmadingiz?

Mana bugun siz Madaniyatli insonlar nomidan gapiruvchi tok-shou boshlovchisi O‘zbekistonning eng mashhur san’atkorlaridan kimni Xorazmga olib kelib bepul Xayriya konserti o‘tkazib berolasiz?

Agarda madaniyatsiz Jahongir Otajanov konsertidan 50 mln tushgan bo‘lsa xalqimizda madaniyatli insonlar ko‘pligini inobatga olsak siz yarim millard pul o‘tkazib berishingiz aniq!

Biz, hech nimani tushunmaydigan bloggerlar va tashkilotchilar 2 oyda hammasini qildik. Sizdek mashhur va proffessional boshlovchiga 1 oy ham yetsa kerak?

Xorazmda qachon kutaylik???

Bugun 14-oktyabr, post yozayotgan vaqtim 18-00. Madaniyatsiz Jahongir Otajanov 1 yarim soatda javob bergan sizdek madaniyatli insonning reaksiyasini ham bir ko‘raylikchi?

Yuqoridagi takliflarim aynan “Munosabat” tok-shousi ijodkorlari va boshlovchisiga!
Samarqanddagi to‘y voqeasiga ham xuddi xayriya konserti singari 3 oy bo‘ldi. Nimaga bu ikki voqeani ham emas bittasini ommaga ko‘rsatdingiz?

Bugun yoshlar oldida katta tanlov: yoki xalqqa xizmat qilib “Madaniyatsiz” bo‘lasiz, yoki studiyada turvolib gapirishda tengsiz “madaniyatli”ga aylanasiz.

Men o‘z tanlovimni qildim!

Men Najotbek Masharipov (Najotbek Masharipov) #Madaniyatsizman SIZCHI ?

Tok-shouchilar, sizlarning konsert bo‘yicha taklifimni e’tiborsiz qoldirishingiz ham javob deb qabul qilinadi. Madaniyatlilarning obrusiga putur yetkazmaydigan javob va harakatlar sizlardan kutamiz!

 

Kiritildi: 12:29 16.10.2019. O'qildi: 6558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!