Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

«Bizning rizqimizni Xitoy emas, Alloh beradi!» – Tuman Kengashi deputati uyg‘urlar masalasida Prezidentga murojaat yo‘lladi

«Bizning rizqimizni Xitoy emas, Alloh beradi!» – Tuman Kengashi deputati uyg‘urlar masalasida Prezidentga murojaat yo‘lladi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” partiyasi a’zosi Kabul Dusov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat yo‘lladi. Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tuman Kengashi deputati e’lon qilgan murojaatda, O‘zbekiston hukumati sukut saqlaydigan masala - Xitoydagi uyg‘urlar-musulmonlar muammosiga befarq qaramaslik so‘ralgan.

Quyida deputatning murojaatini to‘liq keltirib o‘tamiz:

Bizning rizqimizni Xitoy emas, Alloh beradi!

"Bir vaqtlar Turonimizning bir bo‘lagi, millatimizning bir parchasi bo‘lgan Uyg‘uriston hozir zulm iskanjasida...

O‘zbek, qozoq, uyg‘urlardan tashkil topgan yurt va u yerdagi musulmonlar xo‘rlanmoqdalar.

Bu turkiyzabon millatlarning ota yurti — O‘zbekistondir.

Bizning yurtimiz otasi, janob Prezidentimizdan, bir farzandi sifatida iltimos qilaman. Sizning hukmdor bobolaringizdan meros bo‘lgan bu o‘lkaga, ya’ni Uyg‘uristonga siz janobi oliylari, moddiy emasdir balki, lekin ma’naviy otaligingiz rad qilib bo‘lmaydigan haqiqatdir.

Shuning uchun butun jim turgan musulmon davlatlari ichida tashabbusni siz o‘z qo‘lingizga olishingizdan imonim komil!

Bu ishda sizga Allohning O‘zi Yoru Yordamchi bo‘lishi aniqdir!

Chunki, kichik guruhlarni Alloh katta kuchlar ustidan g‘olib qilishi, tarixda, avvalo muqaddas Qur’onimizda, Amir Temur, Jaloliddin Xorazmshohlar hayotida o‘z isbotini topgan...

Hurmat bilan, sizdan umidvor deputat o‘g‘lingiz Qabul Dusov."

Azon.uz

Kiritildi: 21:12 17.07.2019. O'qildi: 4643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!