Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Bizga ehson qani?": Farg‘onada ona-bola ehson tarqatayotgan imom-xatibni haqorat qildi

"Bizga ehson qani?": Farg‘onada ona-bola ehson tarqatayotgan imom-xatibni haqorat qildi

Farg‘onaning Quva tumanida ehson tarqatayotgan imom-xatib omma oldida haqorat qilindi. Manbamizga ko‘ra, voqelik 2020 yil 25 mart kuni Quva tumani Dehqon bozorida sodir bo‘lgan.

Aytilishicha, mahalliy tadbirkorlar karantin munosabati bilan kam ta’minlangan oilalar uchun ma’lum miqdorda birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini jamlab, uning taqsimotini tuman imom-xatibdan iltimos qilishadi. Shunga binoan ehsonlar Dehqon bozorida tarqatilayotgan paytda D. M. (ona) va S.S. (o‘g‘il) shaxsiy «Damas»ida (!) kelib, mahsulotlardan o‘zlariga ham berilishini talab qilishadi. Biroq imom-xatib ehsonlar faqat muhtojlar uchun ekanini, ular (ona-bola) bunday toifaga kirmasligini aytadi.

Bunday javobdan so‘ng ona-bola g‘alva ko‘tarib, atrofdagilar e’tiborini jalb qilgan holda imom-xatibni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilishga tushadi. Kamiga ayni jarayonni uyali telefoni orqali tasvirga olib, «Bizning Quvada imom-xatiblar kam ta’minlangan oilalarga emas, faqat o‘ziga o‘xshagan boyvachcha hojilarga ehson qiladi», degan ma’noda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuboradi.

Voqelikning ertasi kuni (26 mart) holat yuzasidan tuman IIB xodimlari surishtiruv o‘tkazishga tushganda ona-bola ularning qonuniy talablariga bo‘ysunmay navbatdagi huquqbuzarlik sodir etgani ham aytiladi.

Holatga aniqlik kiritish uchun «Xabar.uz» muxbiri Quva tumani ma’muriy sudi bilan bog‘landi. Sud raisi Azizbek Jumayev voqelikni tasdiqlab, kuni kecha ona-bolaga oid ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi.

Sud majlisi yakuniga ko‘ra, huquqbuzar ona jarima jazosiga tortilgan bo‘lsa, uning o‘g‘liga nisbatan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi berilgan.

Kiritildi: 22:41 29.03.2020. O'qildi: 4288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!