Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Biz G‘azo aholisi uchun XAMASsiz yaxshiroq hayot yaratish ustida ishlayapmiz"

"Biz G‘azo aholisi uchun XAMASsiz yaxshiroq hayot yaratish ustida ishlayapmiz"

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Isroilga tashrifi chog‘ida G‘azo masalasi bo‘yicha qator muhim bayonotlar berdi:

— Otishkesim jarayonida qiyinchiliklar kuzatilmoqda, ammo yaxshi umid uchun asos ham mavjud;

— Biz G‘azo aholisi uchun XAMASsiz yaxshiroq hayot yaratish ustida ishlayapmiz;

— Agar XAMAS qurolsizlanishdan bosh tortsa, bu kelishuvni buzish hisoblanadi;

— XAMAS to‘liq qurolsizlanishi kerak;

— Barcha taraflar G‘azo sektorida XAMASning kelajakdagi roli bo‘lmasligini qabul qilgan;

— G‘azoga joylashtiriladigan xalqaro kuchlar faqat Isroil ishonch bildirgan davlatlar harbiylaridan tashkil topishi kerak (bu Turkiya askarlarining ishtirokiga oid savolga javob sifatida aytildi);

— G‘arbiy sohilda Isroil suverenitetini qo‘llash tinchlik jarayoniga tahdid soladi; bu ish amalga oshmasligiga ishonaman;

— BMTning UNRWA agentligi G‘azo muammolarini hal etishda ishtirok eta olmaydi — u XAMAS bilan bog‘liq.

Kiritildi: 20:34 26.10.2025. O'qildi: 1316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!