Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Biz bilgan va bilmagan haqiqatlar

Biz bilgan va bilmagan haqiqatlar

Siz qaysi yoshda bo‘lishingizdan qat’i nazar bizni o‘rab turgan olamda turli hodisa va voqealar bo‘lgan, bor va bo‘lishiga shubhalanmasangiz ham bo‘ladi. Ammo hammasi haqida ham bilavermaysiz. AdMe.ru bunday voqea-hodisalarni jamladi. Ular quyidagilar:

  1. Er sharining yarim aholisi biror marta ham qor ko‘rmagan.
  2. Eyfel minorasini har 7 yilda bir marta bo‘yashadi.
  3. Osakada (Yaponiya) shunday yo‘l borki unga binodagi ofis orqali o‘tiladi.
  4. Har beshtadan 2 nafar odam o‘zlarining birinchi muhabbatlariga uylanadilar.
  5. Erdagi qum zarralaridan ko‘ra osmondagi yulduzlar soni ko‘proqdir.
  6. Charli chaplin ikkita bir biriga o‘xshagan Charli Chaplinlar tanlovida uchinchi o‘rinni olgan ekan.
  7. Xitoy maktablarida o‘qituvchilar o‘quvchilar yaxshi o‘qishlari uchun dars vaqtida sinfda 20 daqiqa uxlashlariga ruxsat berishar ekan.
  8. Aktrisa Shirli Xenderson “Garri Potter” filmida Plaksa Mirtl degan 13 yoshli o‘quvchi qiz rolini ijro etganida 40 yoshlar atrofida bo‘lgan ekan.
  9. Pluton planetasi Rossiya davlatiga nisbatan kichik ekan.
    10. Qish vaqtida yomg‘ir yoki qor yaxmalakka aylanmasligi uchun Reykyavikda isitiladigan trotuarlar qurishar ekan.
  10. Olmaxonlar xuddi mushuklar kabi xurillasharkan. Hattoki quyon va fillar ham xurillasharkan.
  11. Koala sutkada 18 soatdan 22 soatgacha uxlar ekan.
  12. Bolalar bir oydan 3 oygacha ko‘z yoshsiz yig‘lashar ekan. Ko‘z yosh bezlari bolalarning shu yoshida hali suyuqlik ishlab chiqarmas ekan.
  13. Dunyoda kubik rubik o‘yinchog‘i eng ko‘p sotiladigan tovar ekan.
  14. Kolibri degan qushcha orqasiga qarab uchadigan yagona qush ekan. Uchayotgan vaqtda uning yuragini urish tezligi minutiga 500ni yetar ekan.
  15. Jon Rokfellr 100 ming dollar ishlashni orzu qilib 100 yoshgacha yashashni orzu qilgan ekan. U 192 million dollar ishlab 97 yoshida vafot etgan ekan. Demak hamma orzular ham ro‘yobga chiqavermas ekan.
  16. Tokiodagi hayvonot bog‘lari hayvonlar tashrif buyuruvchilardan dam olishlari uchun bir yilda 2 oyga yopilar ekan.
  17. Rossiya bilan AQShni bor-yo‘g‘i 4 kilometr ajratib turadi.
  18. Ummondagi eng sershovqin mavjudot Krevetka (mayda qisqichbaqa) ekan.
  19. Aleksandr Greyam Bell telefonni kashf qilgan bo‘lsa ham biror marta onasi va rafiqasiga telefon qilmagan ekan. Chunki ularning eshitishda nuqsoni bo‘lgan ekan.
  20. Livermor shahrida 110 yildan buyon yonib turgan lampochka bor ekan.
  21. Bolalar bir kunda o‘rtacha 400 marta kulsaa kattalar 15 marta kular ekan.
  22. Dunyoda shunday katta qasrlar bor ekanki ular Moskvadagi kvartiralardan ko‘ra arzon turar ekan.
Kiritildi: 04:00 07.07.2020. O'qildi: 3967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!