900 mingga yaqin livanlik Isroil va Hizbulloh harakati o‘rtasidagi janglar tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Bu haqda BMTning Livandagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) xabar berdi.
Departament hisobotida qayd etilishicha, BMT Xalqaro migrasiya tashkiloti ekspertlari o‘z uylarini tashlab ketgan aholi sonini 896,3 ming kishini tashkil etadi, ularning 51 foizga yaqini ayollardir.
OCHA ma’lumotlariga ko‘ra, Livan bo‘ylab ichki ko‘chirilganlar uchun 1173 ta vaqtinchalik boshpana mavjud bo‘lib, ulardan 975 tasi to‘liq band. Ularda taxminan 188 ming kishi bor.