Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Bir qator toifadagi shaxslarga murojaatlarga asosan ruxsatnoma beriladi

Bir qator toifadagi shaxslarga murojaatlarga asosan ruxsatnoma beriladi

AOKA huzuridagi shtabda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirokida onlayn brifing o‘tkazilmoqda.

❗️Bir qator toifadagi shaxslarga murojaatlarga asosan ruxsatnoma beriladi.

?Shuningdek, yana bir qator soha vakillariga tegishli vazirlik va idoralarning Adliya vazirligiga kiritadigan murojaatiga asosan ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi.

?Bundan tashqari, ushbu ro‘yxatda ishlab chiqarish va texnologik jarayoni to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan korxonalar (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi), gigiyenik niqob ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi), dehqon bozorlarining xodimlari (Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti)ga ham tegishli murojaatga asosan ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi.

❗️Yana bir masala, barcha hayotiy holatni ham nazarda tutib bo‘lmaydi. Shu sababli, Maxsus komissiyaning ko‘rsatmasiga asosan Adliya vazirligi tomonidan boshqa hollarda ham tezkor tartibda alohida ruxsatnomalar rasmiylashtirilishi mumkinligi belgilandi.

Kiritildi: 11:00 31.03.2020. O'qildi: 1955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!