Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bir necha davlatlar Xitoyning koronavirusga qarshi yordamini rad etdi. Nega?

Bir necha davlatlar Xitoyning koronavirusga qarshi yordamini rad etdi. Nega?

Bir qator davlatlar Xitoyning koronavirusga qarshi kurashda yordam berishidan bosh tortdi, xususan, mamlakat tomonidan yuborilgan uskunalardan foydalanishmadi.

Bu haqda “BBC News” xabar bermoqda.

Ispaniya, Turkiya va Niderlandiya rasmiylari qo‘llab-quvvatlashni rad etishdi. Ularning barchasi mingdan ortiq testlar va bir necha yuz ming tibbiy niqoblarni XXRga qaytarib yuborishdi.

Niderlandiya niqoblarning sifatli emasligini, Ispaniya hukumati esa 60 ming odamda foydalanib ko‘rilgan testlar virus bor-yo‘qligini aniqlay olmaganligini e’lon qildi.

“BBC News”ning qayd etishicha, barcha niqoblar va testlar sifat sertifikatiga ega bo‘lgan.

Nashrning ta’kidlashicha, yaroqsiz uskunalar haqidagi xabarlar dunyoda mish-mishlar tarqala boshlaganidan keyin paydo bo‘lgan. O‘sha gap-so‘zlarga qaraganda, ba’zi ekspertlarning ta’kidlashicha, Xitoy boshqa mamlakatlarda o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun pandemiyadan foydalanayotgan ekan.

Kiritildi: 23:03 31.03.2020. O'qildi: 6880 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!