Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bir kulishaylik!

Bir kulishaylik!

* * *

— Eshitdingmi, Toshmatvoy aka tomorqasiga judayam qo‘rqinchli yog‘och haykalcha qo‘yib olibdi!?

— Yo‘g‘-e!

— Ha, haykalcha shu qadar qo‘rqinchli ekanki, o‘tgan yili don o‘g‘irlab ketgan qarg‘alarning hammasi o‘sha donlarni qaytarib berishibdi.

* * *

Ota o‘g‘lidan so‘radi:

— Xo‘sh, maktabda ishlar qalay?

— Zo‘r! Beshinchi sinf bilan o‘zaro shartnoma muddatini yana bir yilga cho‘zdim!

* * *

Xotin eriga qo‘ng‘iroq qilayapti:

— Ishlar qalay?

— Yaxshi.

— Sog‘lig‘ingiz-chi?

— Yaxshi.             

— Men siz bilan ajrashaman.

— Yaxshi.

* * *

Qariya tengdoshiga dedi:

— Bugun havo sovuqmi deyman?!

— Ha, lekin siz sovqotmaysiz.

— Nega?

— Chunki sigaret chekayapsiz.

— Siz ham sovqtmaysiz.

— Nimaga?

— Ko‘zoynak taqib olgansiz.

* * *

E’LON:

— Azizlar! O‘ttiz yoshga yetganingizda fotosalonga kirib, ¾ hajmdagi suratga tushib qo‘ying...

45 yoshda pasport almashtirganingizda asqotadi.

* * *

Ikki do‘st uchrashib qolishdi.

— Men qariyapman.

— Nimadan?

— Ayollarning savollaridan.

— Qanaqa savolidan?

— Ilgari ayollar mendan: “Nega uylanmayapsiz?” deb so‘rashardi.

— Endi-chi?

— “Nega uylangansiz o‘zi?” deb so‘rashayapti.

* * *

— Do‘xtir, rahmat! Meni boylik vasvasasidan xalos etdingiz! Xo‘sh, xizmat haqingizga necha million so‘m so‘raysiz?

* * *

Juhud xotinini begona erkak bilan tutib oldi. Sudda undan so‘rashdi:

— Nega o‘sha erkakning peshonasiga to‘pponcha tiradingiz-u, otib tashlamadingiz?

— Men to‘pponchani uning boshiga tiraganimda: “Shu to‘pponchang uchun qancha so‘raysan” dedi. O‘zingiz o‘ylang, tijorat haqida gapirgan odamniyam o‘ldirib bo‘larkanmi.

* * *

Er teskari o‘girilib kiyimini almashtirardi. Xotini yelkasi tirnalganini ko‘rib so‘radi:

— Yelkangizni kim tirnadi?

— E, yo‘lda ketayotsam, allakimning tomidan bir mushukcha ustimga sakrasa bo‘ladimi!.. O‘sha mushukcha...

— To‘g‘ri, demak, lab bo‘yog‘i bilan “Sizning mushukchangiz” deb o‘sha yozgan ekan-da?!.

* * *

Yigit qizga dedi:

— Yur, restoranga boramiz!

— Men, bormayman. Sizdan xafaman.

— Yura qolgin!

— Mensiz boravering.

— Qanday qilib sensiz boraman? Axir, pulim yo‘q-ku!

 

Kiritildi: 20:27 21.06.2020. O'qildi: 4440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!