Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Bir guruh eronlik fuqarolar qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga urindi

Bir guruh eronlik fuqarolar qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga urindi

Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o‘tish bo‘yicha muayyan qonun-qoidalar to‘g‘risidagi targ‘ibot olib borilishiga qaramay ba’zi bir shaxslar tomonidan qonunbuzarlik holatlari uchrab turmoqda.
Shu yilning 4 dekabr kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan hujjatlarni nazoratdan o‘tkazish vaqtida ana shunday shaxslardan 5 nafari qo‘lga olindi. Asli Eron Islom Respublikasi fuqarolari bo‘lgan bu shaxslar taqdim etgan Ispaniya davlatining fuqarolik pasportlari tekshirilganda ularning qalbaki ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Kiritildi: 15:10 06.12.2019. O'qildi: 2193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!