Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Bilasizmi? O‘zbekistonda xufiyona iqtisodiyot mavjud

Bilasizmi? O‘zbekistonda xufiyona iqtisodiyot mavjud

Iqtisodiyot va sanoat vazirligida «Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi» doirasida «O‘zbekistonda xufiyona iqtisodiyotni baholash va uning ko‘lamini qisqartirish yo‘llari» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, xufiyona iqtisodiyotning o‘rtacha darajasi yalpi ichki mahsulotning 17,2 foizini tashkil etadi, ammo bu ko‘rsatkich turli mamlakatlarda turlicha.

Misol uchun, eng past ko‘rsatkich Shveysariyada aniqlangan — 8,6% va Boliviyada eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan — 66,4%.

O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari Xitoy va Rossiyada bu ko‘rsatkich mos ravishda 12,9 foiz va 43,6 foizga teng.

Tadbir davomida BMT Taraqqiyot dasturi maslahatchilari O‘zbekistondagi xufiyona iqtisodiyot hajmini monetar usullar asosida baholash, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilgan so‘rovlar va intervyular natijalari (700 dan ortiq korxona va 30 dan ortiq tadbirkor) bilan o‘rtoqlashdi.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xufiyona iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy sabablari soliq turlari, yig‘im va o‘tkazmalarning ko‘pligi hamda ularning miqdoridir.

Korxonalarda yetarli mablag‘ yo‘qligi, hisob-kitoblarni amalga oshirish, to‘lovlar, naqd pul mablag‘lari, xizmat ko‘rsatish sifati, yuqori kredit stavkalari, banklar bilan bog‘liq muammolar ham ushbu sabablarga kiradi.

Tadbirkorlarning zarur bilim va tajribasi yo‘qligi, boshqa tadbirkorlar tomonidan raqobat, ishlab chiqarish infratuzilmasi sifati, biznesni tashkil etish va yuritish bo‘yicha byurokratik to‘siqlar, korrupsiya va mulk huquqlarining ishonchsizligi iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lmagan asosiy sabablar sifatida sanab o‘tildi.

Kiritildi: 06:05 19.09.2019. O'qildi: 3648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!