Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Bezos fondi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga 2 milliard dollar ajratadi

Bezos fondi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga 2 milliard dollar ajratadi

Amazon asoschisi Jeff Bezosning iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish fondi tabiatni tiklash ishlari uchun 2 milliard dollar ajratadi, deb xabar berdi Business Insider.

Ma’lumot berilishicha, Afrika va AQSh landshaftini tiklash uchun bir milliard dollar yo‘naltiriladi. Tiklash ishlari doirasida Afrikada daraxtlar ekiladi, yaylovlar qayta tiklanadi.

AQShda esa bioxilmaxillikni himoya qilayotgan va jamiyatga foyda keltirayotgan 20dan ortiq landshaftni tiklash ishlari amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, fond qishloq xo‘jalik mahsulotlari serhosilligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish bilan bog‘liq vazifalar uchun ham mablag‘ ajratadi.

“Bezosning yer fondi” iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilishga yordam beruvchi olimlar, faollar, nohukumat tashkilotlarni 10 milliard dollar miqdorida moliyalashtirishni mo‘ljallagan loyiha hisoblanadi. Bezos ushbu fondni o‘tgan yil fevralida tashkil etgan.

Kiritildi: 06:30 03.11.2021. O'qildi: 2237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!