Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Besh yil faqat guruch va qalampir bilan ovqatlangan xitoylik qiz vafot etdi

Besh yil faqat guruch va qalampir bilan ovqatlangan xitoylik qiz vafot etdi

Besh yil davomida faqat guruch va tuzlangan Chili qalampirini iste’mol qilgan xitoylik talaba charchoqdan vafot etdi, deb xabar qildi South China Morning Post. RIA Novosti xabariga asosan.

Qizning onasi to‘rt yoshida vafot etgan, 14 yildan so‘ng esa otasi vafot etadi.

Shundan so‘ng u ukasini katta qilishga majbur bo‘ldi. Ruhiy kasalligi tufayli bola tibbiy yordamga muhtoj edi, opasi esa har oy 300 yuan (2,7 ming rubl) miqdorida yordam puli olgan. Bu qiyinchiliklarga qaramay, qiz kollejga o‘qishga kiradi, u yerda unga har yili yetti ming yuan (62,2 ming rubl) miqdorida stipendiya to‘lanadi.

Talaba va uning ukasi qarindoshlarining uyida yashaygan, ammo baribir moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan.

Shu sababli, qiz besh yil davomida guruch va tuzlangan chili qalampiri bilan ovqatlanadi, bu qizning juda oriqlab ketishiga olib keldi: uning vazni 22 kilogrammni tashkil etgan. O‘tgan yilning oktyabr oyida talabaga yurak va buyrak muammolari tashxisi qo‘yilgan edi. U xayriya tashkilotlariga murojaat qilishga majbur bo‘ldi va uning hikoyasi jamoatchilik e’tiborini tortdi. Umumiy hisobda bir million yuan (taxminan to‘qqiz million rubl) to‘plangan, ammo bu yetarli emas edi.

Shifokorlar qizni qutqara olmadilar. U 13 yanvar kuni vafot etdi.

 

Kiritildi: 08:38 15.01.2020. O'qildi: 3309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!