Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Berlindagi yakshanba norozilik namoyishidan keyin bir kishi vafot etdi

Berlindagi yakshanba norozilik namoyishidan keyin bir kishi vafot etdi

49 yoshli erkak Berlinda yakshanba kuni koronavirus cheklovlariga qarshi norozilik namoyishidan so‘ng vafot etdi, deb xabar beradi Bild nashri dushanba kuni.

Gazetaning yozishicha, erkak namoyishda qatnashgan va polisiya tomonidan ushlangan. Polisiya uning hujjatlarini tekshirayotganda, u qo‘lida va ko‘kragida og‘riq sezgan. Erkakka birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va shifokorlar chaqirildi. Keyinchalik u kasalxonada vafot etdi, o‘lim sababi hali aniqlanmagan.

1 avgust, yakshanba kuni Berlinda koronavirus cheklovlariga qarshi 13 ta norozilik namoyishi o‘tkazildi. Ular hatto Brandenburg darvozasi yaqinidagi maydonga suv to‘plarini olib kelishdi. Kunning ikkinchi yarmida Querdenken 711 harakatining yuzlab tarafdorlari u yerga to‘planishdi. Pandemiya paytida ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilishning iloji bo‘lmagani uchun Querdenken 711 vakillarining namoyishi shahar hokimiyati bilan kelishilmagan.

Dastlab, polisiya mitinglarning oldini olishni rejalashtirgan, ammo bu amalga oshmagan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kungi namoyishlar chog‘ida 600 ga yaqin odam hibsga olingan.

Kiritildi: 14:42 02.08.2021. O'qildi: 1856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!