Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

«Benom»chi Komil: "Xalqning og‘ir kunidan pul ishlayotgan farmasevtlar, Allohdan qo‘rqing!" (+video)

«Benom»chi Komil: "Xalqning og‘ir kunidan pul ishlayotgan farmasevtlar, Allohdan qo‘rqing!" (+video)

«Benom» guruhi xonandasi Komil Fozilov koronavirus yuqtirib oldi va davolandi. Komil Fozilov ushbu kasallikdan qanday tuzalgani va doriga qo‘shib vijdonini sotayotganlar haqida «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga gapirib berdi.

"Bunday og‘ir vaziyatda imkoniyatdan foydalanib, dorilarni qimmat sotayotgan farmasevtlarimizga murojaat qilgan bo‘lardim. Iltimos, «Mana vaqti bo‘ldi, foydalanib qolishim kerak», degan o‘y-fikrni miyalaringizdan chiqarib yuboringlar. Birovni qiyinchiligidan foydalanib erishilgan pul, kerak bo‘lsa 700 barobar bo‘lib chiqadi. Bugunmasdir, ertamasdir, lekin baribir chiqadi. Shunday ekan, Allohdan qo‘rqing. Bunday qaltis vaziyatda «soqqa qilish»ni o‘ylamang. Biz bilmasligimiz, ko‘rmasligimiz mumkin, oddiy odamlarmiz, lekin Alloh taolo ko‘rib turibdi. Bunday qiyinchilik paytida xalqimizga yordam berishni o‘ylanglar.

Sizning ham yaqin insoningiz orangizdan ketib qolganida, boshingiz devorga uriladi. «Qaysi gunohim uchun bunday bo‘ldi» deb o‘ylaysiz. O‘shanda yodingizga tushmasligi mumkin, bir kishining og‘ir vaziyatidan foydalanib topgan pulingiz yaqinlaringizga urishini.

Men juda ko‘p ko‘rdim, kuzatdim. Bitta oddiy 500 so‘m turadigan dorini 500 ming so‘mga sotganlarni ko‘rdim. Shunaqa afsuslanib ketdim, qanaqa zamonki, birovning qiyinchiligidan manfaat ko‘rilsa. Bu yaxshi oqibatga olib kelmaydi.

Hozir bir-birimizga yordam qo‘lini cho‘zib, birdam bo‘lib, kasallikni yengadigan davrdamiz", deydi  «Benom» guruhi xonandasi, bastakor Komil Fozilov.

Kiritildi: 19:55 03.08.2020. O'qildi: 4958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!