Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Belaruslik sportchi Yaponiyadan o‘z vataniga qaytishdan bosh tortdi

Belaruslik sportchi Yaponiyadan o‘z vataniga qaytishdan bosh tortdi

24 yoshli Belaruslik sportchi Tokiodagi Olimpiya o‘yinlaridan foydalangan holda, o‘z vataniga qaytmaslikning imkoniyatidan foydalanib ko‘rishga harakat qildi. So‘nggi kunlarda sportchi Kristina Simanovskaya Avstriyaning Tokiodagi elchixonasidan boshpana so‘rashga uringan.

Keyinroq u mahalliy polisiya tomonidan hibsga olindi, birozdan keyin esa qo‘yib yuborildi.

Simanovskayani qo‘llab -quvvatlovchi oppozisiya guruhlari sportchining hayoti Belarusda xavf ostida ekanligini aytishgan.

Simanovskaya keyinroq o‘z murojaatida Minskka majburiy deportasiya qilinishidan qo‘rqayotganini ta’kidlagan.

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sportchilarga medallarsiz uyga qaytmaslikni aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar turist sifatida dam olgani emas, balki vatan sha’nini himoya qilish uchun Olimpiadaga borishgan.

Kiritildi: 10:38 02.08.2021. O'qildi: 2292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!