Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Belarusda vaziyat jiddiy! Harbiy amaldorlar iste’foga chiqmoqda

Belarusda vaziyat jiddiy! Harbiy amaldorlar iste’foga chiqmoqda

Belarus Polisiya kapitani Yegor Yemelyanov mamlakatdagi noroziliklar tufayli 17 yillik xizmatidan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqda uning o‘zi o‘zining instagramdagi sahifasida e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, 9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 80 foizdan ortiq ovoz bilan g‘alaba qozongan. Ovoz berish tugagach, Belarus shaharlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi.

"17 yillik xizmatim tugadi... Mening vijdonim toza... Polisiya xalq bilan..." — deb yozdi Yemelyanov.

Ayni paytda Logisk shahrida yashovchi Yevgeniy Noviskiy, xuddi shu ijtimoiy tarmoqqa, uning akasi endi maxsus kuchlarda xizmat qilgani bilan faxrlanmasligi va kiyimini axlat qutisiga tashlab yuborishi haqida videomurojaat qoldirdi.

"Men siz bilan faxrlanaman, aka! Barrikadalardagi bir kechadan keyin... Mamlakat bo‘ylab ro‘y berayotgan voqealardan keyin... Bu hokimiyat endi yo‘q qilinadi! Hammalaringizni mahkama va qamoq kutmoqda, ahmoqlar!" — dedi Noviskiy.

Shuningdek, mamlakat harbiy tizimida ishlaydigan boshqa mansabdorlar ham Lukashenkodan noroziligini yashirmayapti.

Kiritildi: 10:39 13.08.2020. O'qildi: 8237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!