BBC muxbirining xabar berishicha, hozirda kommunal xizmat xodimlari namoyishchilar tomonidan o‘rnatilgan to‘siqlardan tozalashmoqda. Rustaveli prospekti bo‘ylab avtomobillar harakati qayta tiklanishi kutilmoqda.
Gruziya Ichki ishlar vazirligi juma kuni kechqurun va shanbaga o‘tar kechasi Tbilisi markazidagi namoyishni tarqatish chog‘ida 107 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi, deb yozadi «NewsGeorgia».
Polisiyaga ko‘ra, "namoyishchilarning zo‘ravonliklari" natijasida Ichki ishlar vazirligining 10 nafar xodimi jarohatlangan, xavfsizlik kuchlaridan biri kasalxonada qolmoqda.
Ichki ishlar vazirligi jarohatlangan namoyishchilar soni haqida ma’lumot bermayapti. Ikki kun ichida 150 ga yaqin namoyish ishtirokchisi hibsga olindi.