Xabar berilishicha, Bayrut markazidagi sakkiz qavatli turar-joy binosi butunlay vayron bo‘lgan, yaqin atrofdagi yana beshta bino zarar ko‘rgan.
Isroil Livanning “Hizbulloh” guruhiga qarshi hujumlarini davom ettirmoqda. 23 noyabrdagi zarbalarning nishoni guruhning tashqi xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lishi mumkin.
Livan Milliy Axborot Agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil havo kuchlari Bayrutning markaziy qismidagi Basta tumaniga kamida beshta raketa bilan zarba bergan.