YUNISEF Bayrutdagi portlashda uch bolaning nobud bo‘lgani va yana 31 bolaning kasalxonaga yotqizilishi kerakligini aytmoqda.
Bu haqda seshanba kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifing davomida jamg‘armaning rasmiy vakili Mariksi Merkado ma’lum qildi.
"Bizda bolalar o‘limi yoki jarohat olish holatlari haqida hali yetarli ma’lumotlar mavjud emas”, - deydi u " Bugunga qadar biz kamida uchta bola vafot etganini va 31 bolaning kasalxonaga yotqizilishi kerakligini bilamiz, xolos", deb qo‘shimcha qilar ekan.
YUNISEFning hamkor tashkilotlari xabariga ko‘ra, yaradorlar orasida 1000 ga yaqin bolalar bor.
Ma’lumotlarga qaraganda, Bayrut portidagi portlash 8000 ga yaqin o‘smirlar va yoshlar tahsil oladigan 20 ta kasb-hunar maktablariga zarar yetkazgan. Bundan tashqari, 120 maktabga ta’sir ko‘rsatgan.