AQSh prezidenti Pentagonga Isroilning Livandagi "Hizbulloh" harakati shtab-kvartirasiga bergan zarbalaridan so‘ng Yaqin Sharqdagi vaziyatni kuzatish va kerak bo‘lsa, mintaqadagi Amerika harbiy ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.
AQShning Yaqin Sharqdagi elchixonalariga o‘zlarini munosib himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish tavsiya etildi.
Avvalroq Amerika rahbari Vashington Isroilning Beyrutga zarba berish rejalari haqida bilmagani va ularni amalga oshirishda ishtirok etmaganini tasdiqlagan edi.