AQSh prezidenti Jo Bayden Ilon Maskning Pensilvaniya saylovchilari o‘rtasida kunlik mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan pul lotereyasini o‘tkazish haqidagi qarorini nomaqbul deb hisoblaydi. Bu haqda TASS yozmoqda.
Jo Baydenga ko‘ra, bu "mutlaqo nomaqbul". Shu bilan birga, demokrat Bayden ham o‘zi ro‘yxatga olingan saylovchi ekanligini aytib, Maskdan 1 million dollar talab qildi.
Bundan tashqari, Pensilvaniya shtatining Filadelfiya prokuraturasi Mask ustidan sudga murojaat qilgani xabar qilingan. Prokurorlar Maskning sxemalarini shtatdagi prezidentga ovoz beradigan saylovchilarga ta’sir o‘tkazishga urinish sifatida baholadi.
Avvalroq Mask so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlash va qurol olib yurish huquqini himoya qilish uchun petisiyasini imzolagan Pensilvaniya saylovchilariga har kuni 1 million dollar berishini ma’lum qilgan edi. Pensilvaniya ovoz berish natijalari mamlakatda 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari natijasi uchun kalit bo‘ladigan shtatlardan biridir.