Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Basketbolchi Maykl Jordan «Dorian» dovuli qurbonlariga 1 million dollar xayriya jo‘natmoqchi

Basketbolchi Maykl Jordan «Dorian» dovuli qurbonlariga 1 million dollar xayriya jo‘natmoqchi

Amerikalik afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan Bagama orollarida «Dorian» dovuli asoratlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlarga bir million AQSh dollari xayriya qilmoqchi. Bu haqda sportchining rasmiy vakili Esti Portnoy xabar bergan.

Maykl Jordan Bagamada dovul chaqirgan tabiiy ofat jafokashlariga hamdardlik bildirgan.

«Bagama orollarida «Dorian» dovuli sabab bo‘lgan vayronagarchiliklardan larzaga keldim. U yerda ko‘chmas mulklarim bor, shuning uchun bu joyda ko‘p bo‘laman», — deydi Jordan.

Basketbolchi Bagama orollaridagi qutqaruv ishlarini diqqat bilan kuzatayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida: Bagamada «Dorian» dovuli qurbonlari soni 50 kishiga yetgan. Qariyb 13 mingta imorat shikastlanib, ulardan aksariyati vayron bo‘lgan. Ko‘pgina hududlar sel tufayli suv ostida qolgan. Ayni vaqtda ko‘plab odamlar bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan orollarda qutqaruv operasiyalari davom etmoqda.

Kiritildi: 13:20 14.09.2019. O'qildi: 2166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!