Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Basketbol afsonasi Kobi Brayant va uning qizi vertolyotida halok bo‘ldi

Basketbol afsonasi Kobi Brayant va uning qizi vertolyotida  halok bo‘ldi

Milliy basketbol assosiasiyasining (MBA) afsonaviy o‘yinchisi Kobi Brayant Kaliforniyada shaxsiy vertolyotining qulashi oqibatida halok bo‘ldi. 

Ma’lum qilinishicha, 41 yoshli basketbolchiga tegishli Sikorsky S-76 vertolyoti 26 yanvar kuni soat 10lar atrofida Kaliforniya janubidagi Kalabasas shahrida halokatga uchragan.

Vertolyotda Brayantdan tashqari yana 9 kishi, jumladan, uning 13 yoshli qizi Janna Mariya, uning dugonasi otasi bilan birga bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan. Brayant qizi bilan mashg‘ulotga ketayotgan bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, voqea yuz bergan vaqtda halokat hududida tuman bo‘lgan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, vertolyot halokatga uchrashi oldidan o‘z o‘qi atrofida aylana boshlagan. U qoyaga urilib, yonib ketgan.

Sobiq basketbolchi ushbu vertolyotdan ko‘p yillar davomida foydalangan. Jumladan, Brayant unda Nyuport-Bich shahridan “Leykers”ning o‘yinlariga qatnagan.

Aviahalokat sababi hozircha noma’lum. Tergov davom etmoqda.

Kobe Bin Brayant MBAning sobiq o‘yinchisi bo‘lib, 20 mavsum davomida bir jamoa – “Los-Anjeles Leykers” uchun o‘ynagan va uning tarkibida 5 marta MBA chempioni bo‘lgan. Sportchi shuningdek, AQSh terma jamoasi safida 2008 va 2012 yillarda Olimpiada chempioni bo‘lgan.

Brayant MBA tarixidagi 4-raqamli eng sermahsul o‘yinchi hisoblanadi. U o‘z faoliyatida davomida 33643 ochko yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. U faoliyatini 2016 yil aprelda yakunlagan.

Kiritildi: 11:30 27.01.2020. O'qildi: 2498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!