Bashar al-Asad rejimiga qarashli jangovar samolyotlarning Idlib viloyatida uyushtirgan havo hujumi oqibatida 3 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, bir nafari yaralandi.
Fuqarolik mudofaa guruhlari (Oq dubulg‘ali)lardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, rejim jangovar samolyotlari Idlib shaharlaridan birida yoqilg‘i quyish shoxobchasiga hujum qildi.
Hujum oqibatida 3 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, kamida 1 kishi yaralandi. Yarador tibbiy muassasaga yetkazilgan.
O‘t o‘chirish ekipajlari hujum oqibatida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqda.