"Suriyaning ag‘darilgan prezidenti mamlakatni tark etishidan bir necha soat oldin 30 ga yaqin yuqori martabali razvedka va armiya mulozimlarini yig‘ib, ularga Rossiyadan harbiy yordam kelayotganini aytgandi", — dedi Reuters agentligiga uchrashuvda ishtirok etgan qo‘mondonlardan biri.
"Asad ish kunining oxirida ofis menejeriga uyiga ketayotganini aytdi, lekin buning o‘rniga aeroportga ketdi", — deydi agentlikning boshqa bir suhbatdoshi.
"Asad vertolyotda Iroqqa uchib ketgan va u yerdan Moskvaga jo‘nab ketgan ukasi Maherni ham ogohlantirmagan. Sobiq prezidentning rafiqasi Asma va ularning uch farzandi Asad uchib ketishidan oldin Rossiyada bo‘lgan, deb yozadi Reuters.
Umuman olganda, Asadning Suriyadan qochib ketishi uning atrofidagilar uchun kutilmagan holat bo‘lgani haqidagi ma’lumot agentlikka 10 dan ortiq manbalar tomonidan tasdiqlangan.
"Dastlab Asad BAAga borishni rejalashtirgan, biroq mamlakat Yevropa va Amerika sanksiyalaridan qo‘rqib, uni qabul qilishdan bosh tortgan. Shu sababli Rossiya Asadning Moskvaga ketishini uyushtirdi", — deydi Reuters manbasi.