Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Barselona" YouTube`dagi eng mashhur sport tashkilotiga aylandi

"Barselona" YouTube`dagi eng mashhur sport tashkilotiga aylandi

Ispaniyaning "Barselona" klubi rasmiy kanal obunachilari soni 23,8 millionga yetganini ma’lum qildi.

Kataloniya klubi Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA, 23,6 million obunachi) va Milliy basketbol assosiasiyasini (NBA, 23,3 million) ortda qoldirib, platformadagi eng ommabop sport tashkilotiga aylandi.

Yanvar oyida "Barselona" YouTube kanali 20 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi sport klubi bo‘ldi. Madridning “Real” kanaliga hozirda 18,1 million, Ispaniya La Ligasi 13,1 million, Angliyaning "Liverpul" klubi esa 11,7 million obunachiga ega.

Shuningdek, "Barselona" Joan Gamper kubogi uchun "Komo"ga (5:0) qarshi o‘yin translyasiyasini YouTube’ning 9,7 million noyob foydalanuvchilari tomosha qilgani, jami 18 746 962 marta ko‘rilgani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, Xitoyning Douyin platformasida translyasiya qilingan uchrashuvni ko‘rishlar soni 1,2 milliondan oshdi, klub akkauntiga esa 5000 dan ortiq kishi obuna bo‘ldi.

Kiritildi: 10:00 15.08.2025. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!