Lionel Messi va Yoxan Kroyff "Barselona"ning ramziy terma jamoasiga kirishdi.
"Barselona" tashkil topganining 125 yilligi munosabati bilan ESPN Kataloniya jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat jamoani tuzdi. Bu shunday ko‘rinadi:
– darvozabon: Viktor Valdes;
– himoyachilar: Dani Alves, Ronald Kuman, Karles Puyol;
– yarim himoyachilar: Xavi, Andres Inyesta, Luis Suares Miramontes, Yoxan Kroyff;
– hujumchilar: Lionel Messi, Ladislao Kubala, Ronaldinyo.