Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

"Barselona"ning yana bir himoyachisi jarohatga duchor bo‘ldi

"Barselona"ning yana bir himoyachisi jarohatga duchor bo‘ldi

"Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen jarohati sabab "Inter" bilan o‘yinni yakunlay olmadi.

Daniyalik futbolchi Chempionlar ligasi o‘yinining 54-daqiqasida yarim himoyachi Genrix Mxitaryan bilan kurash natijasida chap oyog‘idan jarohat oldi. Shifokorlar yordamidan so‘ng u yana bir muddat o‘ynadi, ammo oxir-oqibat 58-daqiqada Jerar Pike bilan almashtirildi.

Kristensen joriy mavsumda “Barselona” safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 14:41 05.10.2022. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!