Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Barselona" nigeriyalik to‘purarga qiziqmoqda

"Barselona" nigeriyalik to‘purarga qiziqmoqda

"Galatasaroy"ning nigeriyalik forvardi Viktor Osimxen "Barselona" short-listidan joy oldi. Ushbu ma’lumot Goal Gossip tomonidan e’lon qilindi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Osimxenni Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Avvalroq, xorij OAVda "ko‘k-anorranglilar" polshalik hujumchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida bir necha bor xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda 26 yoshli Osimxen Turkiya chempionati va Chempionlar ligasida oltita uchrashuvda uchta gol urdi. Ayni paytda Transfermarkt portali mutaxassislari hujumchining narxini 75 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:52 14.10.2025. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!