Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Barselona» Levandovskiga javobini berib yuboradi

«Barselona» Levandovskiga javobini berib yuboradi

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoa markaziy hujumchisi Robert Levandovski bo‘yicha rejalarini belgilab oldi. Sport.es jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, "ko‘k-anorranglilar" polshalik tajribali goleador bilan yangi mehnat shartnomasini imzolamaydi.

37 yoshli hujumchi 2022 yilning iyulidan beri kataloniyaliklar sharafini himoya qilmoqda. Robert bilan "ko‘k-anorranglilar" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati kelasi yilning o‘rtalarida tugaydi. Levandovskining bozor narxi o‘n million yevroni tashkil etadi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida hujumchi yettita o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol urdi.

Kiritildi: 23:15 12.10.2025. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!