Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Barselona» La Liganing so‘nggi turida «Valensiya»ga imkoniyatni boy berdi

«Barselona» La Liganing so‘nggi turida «Valensiya»ga imkoniyatni boy berdi

«Valensiya» o‘z maydonida La Liga 38-turi doirasida «Barselona» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlar safida Xavi Gerra, Luis Rioxa va Gvido Rodriges gol urishdi. Mehmonlarning yagona javob goli Robert Levandovski hisobiga yozildi.

«Barselona» 2025/26 yilgi mavsumni 94 ochko bilan La Liga turnir jadvalining birinchi pog‘onasida yakunladi. «Valensiya» esa 49 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Parallel ravishda kechgan bahsda «Betis» «Levante»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar safida Ez Abde va Pablo Fornals gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goliga Karlos Espi mualliflik qildi.

«Betis» 2025/26 yilgi mavsumni 60 ochko bilan 5-o‘rinda yakunladi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. «Levante» esa 42 ochko bilan 16-o‘rindan joy oldi.

Kiritildi: Bugun 09:36. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!