Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

"Barselona" futbolchisi koronavirusga chalindi

"Barselona" futbolchisi koronavirusga chalindi

«Barselona» yarimhimoyachisi Serxi Robertoda koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Futbolchida kasallik alomatlari yo‘q, ammo u izolyasiyaga olingan

Eslatib o‘tamiz, Roberto La Liganing 10-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga (0:1) qarshi bahsda  o‘ng son mushaklaridan jarohat olgan va hozirda tiklanishni davom ettirmoqda. 

28 yoshli yarimhimoyachi bu mavsumda kataloniyaliklar safida 10ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol va 2ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.

 

Kiritildi: 09:35 03.12.2020. O'qildi: 1935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!