Birlashgan Arab Amirliklari Bosh prokuraturasi o‘z mamlakati hukumatiga qarshi namoyish uyushtirgan Bangladeshlik bir guruh shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berdi, deb xabar bermoqda WAM agentligi.
Xabarda aytilishicha, ularga jamoat joyida yig‘ilish, transport harakatiga to‘sqinlik qilish va mulkka zarar yetkazish kabi ayblovlar qo‘yilgan.
Vazirlik ushbu harakatlarni davlat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid sifatida baholadi.
Ayblanuvchilar hibsga olindi.