Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ayolning dahshatli o‘limi: tadbirkor nega rafiqasini qutqara olmadi? (video+foto)

Ayolning dahshatli o‘limi: tadbirkor nega rafiqasini qutqara olmadi? (video+foto)

Meksikalik Susana Karrera dugonasining uyidan bolalarini olib ketayotganida fojiaga yo‘liqdi. Ayolning o‘g‘irlanishi kameraga tushib qoldi.


Videoga ko‘ra, Susana eshik oldida turganida noma’lum mashinadan notanish erkak tushgan va ayolni mashinaga solib, o‘g‘irlab ketgan. Oradan bir hafta o‘tgach esa Verakrus shtatida qora qopda ayolning boshsiz tanasi topilgan. Shuningdek, quyidagi jumla yozilgandi: Bu fojia men bilan sodir bo‘ldi, chunki erim men uchun pul berishni istamadi .


Ta’kidlash kerakki, Susana va uning eri tadbirkorlar Pexaluminio kompaniyasining rahbarlaridir. Jinoyatchilar ayol uchun eridan 4 mln peso (14 mln rubl atrofida) pul talab qilishgan. Ammo pulni olishmagach, vahshiy jinoyatni amalga oshirishgan.

Qotillik haqidagi xabarni marhumaning eri tasdiqladi. Fojiadan bir necha soat o‘tgach u ijtimoiy tarmoqdagi kanalida qiyin vaziyatda qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorlik bildirdi. Mahalliy OAVning yozishicha, marhumaning oilasi u uchun talab qilingan pulni yig‘ishga ulgurmagan.

Kiritildi: 12:20 20.02.2019. O'qildi: 3163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!