Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Ayolingizning bahosini bilasizmi?

Ayolingizning bahosini bilasizmi?

Nima uchun erkak o‘z umr yo‘ldoshini boshqa ayollarga qaraganda kamroq jozibali deb biladi?

Bir kuni bir kishi o‘zining chuqur ilmi va taqvosi bilan tanilgan olimning huzuriga bordi va quyidagi so‘zlar bilan shikoyatini aytdi:

“Xotinimga uylanmasdan oldin sevib qolganimda u mening ko‘zlarimda bu dunyoda Alloh yaratgan biron narsaga o‘xshamaydigan go‘zal bir mavjudot edi. Men unga uylanganimdan so‘ng ko‘plab ayollarning husnda unga teng ekanligini ko‘rdim. Yana bir qancha vaqtdan keyin ko‘pchilik ayollar xotinimdan chiroyliroq ekan, degan fikrga keldim.

Bizning nikohimizdan yillar o‘tib, menga dunyodagi barcha ayollar undan ko‘ra yoqimli va nafisroq bo‘lib tuyuldi!"

Donishmand undan so‘radi: 

– Bularning barchasidan ham halokatli va achchiqroq nima ekanligini aytaymi?

– Ha. 

– Agar senga bu dunyoning barcha ayollariga uylanish imkoniyati berilsa ham  ko‘chada yugurib yurgan itlar barcha ayollarga qaraganda jozibaliroq ko‘rinardi.

Erkak so‘radi: "Nega bunday deysiz?"

Donishmand: "Chunki muammo sening xotiningizda emas. Muammo shundaki, agar odam ochko‘z yurak va shahvatga to‘la ko‘zlarga ega bo‘lsa, taqvosi bo‘lmasa, uning ko‘zini qabridagi tuproqdan boshqa hech narsa to‘ydira olmaydi.

Ey erkak! Sening muammoing — Alloh taqiqlagan narsadan ko‘zingizni yummasliging. Rafiqangni eng avvalgi yuqori (er yuzidagi eng go‘zal ayollik) martabasini qaytarishini istaysanmi?

– Albatta, – dedi erkak.

Olim dedi: “Ko‘zingni shahvatdan tiy, chunki Alloh taolo: 

«Sen mo‘minlarga ayt, ko‘zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir», degan. (Nur, 30).

Senda yo‘q narsalar har doim borlaridan ko‘ra yoqimli va yaxshiroq ko‘rinadi. Ammo o‘sha narsani qo‘lga kiritishing bilan u sen uchun odatiy holga aylanadi. O‘zingda bor narsa bilan qanoatlan! Xudbin bo‘lma, qabr ichiga cho‘mguningcha bu dunyo hoyu havasiga o‘zingni otma! Bularning barchasidan go‘zal va ajoyib narsa bor — bu Allohga ibodat va savobli ishlardir. Buni Allohning yo‘lida yurganlardan boshqalar bilmaydi. Va nihoyat, Allohga yuzlanib ayoling haqiga, uni sening ko‘zingga chiroyli ko‘rsatib qo‘yishini so‘rab duo qilishni ham unutma!

Muhsin Muhammad

Kiritildi: 04:00 06.07.2020. O'qildi: 5457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!