Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Avtomobil sanoati global iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shmoqda?

Avtomobil sanoati global iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shmoqda?

Avtomobil sanoatining global iqtisodiyotga ta’siri juda katta: bu sohaga bevosita va bilvosita jahon yalpi ichki mahsulotining jami 15%i to‘g‘ri keladi, shuningdek, bevosita avtosanoatida band bo‘lgan odam yana 8 nafardan 10 nafargacha odamni ish bilan ta’minlaydi, deb yozadi Rossiyaning Promreyting mustaqil tadqiqot agentligi.

Bu aksioma! Endi esa avtosanoatning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini atroflicha ko‘rib chiqamiz.

2021 yil yakunlariga ko‘ra, dunyoda 80,2 mln.ga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarish hajmlariga ko‘ra eng yirik davlatlar beshtaligi shunday ko‘rinishga ega:

Xitoy

AQSh

Yaponiya

Hindiston

Janubiy Koreya.

Avtomobil sanoati global iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shmoqda?

Xitoyda o‘tgan yil davomida 26,1 mln.dan sal oshiqroq avtomobil ishlab chiqarilgan. Ushbu mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 2021 yilda 17,7 trln dollarga yetdi va 2020 yilga nisbatan 8,1%ga oshdi. Ochiq manbalarning guvohlik berishicha, Xitoy YAIMning taxminan 10%i aynan avtosanoat tomonidan ta’minlanadi. U - 1,77 trln dollarni tashkil etadi. Solishtirish uchun: Rossiyaning butun yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yili taxminan xuddi shu summaga teng bo‘lgan.

Avtomobil sanoati global iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shmoqda?

Qo‘shma Shtatlar avto ishlab chiqarish jahmlari bo‘yicha shohsupadagi birinchilikni 2000 yillar so‘ngidayoq Xitoyga boy bergan bo‘lsa-da, yengil va yuk mashinalar ishlab chiqarishda rivojlangan davlatlar orasida eng yirigi bo‘lib qolmoqda. 2021 yil yakunlariga ko‘ra, AQSh hududida 9,2 mln.ta yengil, yo‘ltanlamas va yengil tijorat avtomobili ishlab chiqarilgan. Mamlakat YAIM o‘tgan yili 23 trln dollarni tashkil etdi (2020 yilga nisbatan o‘sish 10,1%). Ushbu muhim makroekonomik ko‘rsatkichning 3% ulushi avtomobil ishlab chiqarish hissasiga to‘g‘ri keladi (mutlaq ifodada — 690 mlrd dollar). American Automakers assosiasiyasining ta’kidlashicha, qayta ishlovchi sanoatning boshqa hech qaysi sektori milliy YAIMda bu qadar yuqori ulushga ega emas. Bevosita avtomobil sanoatida AQShda 1,7 mln, turdosh sohalarda yana 8 mln odam ishlaydi.

Avtomobil sanoati global iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shmoqda?

Yaponiya hududidagi avtozavodlar o‘tgan yili umumiy hisobda 26,1 mln.ga yaqin mashina ishlab chiqardi. Bunda 2021 yilda mamlakat jami bozor qiymati 5,1 trln dollarga teng tovar va xizmatlarni taqdim etdi. Yaponiyada, xuddi Xitoydagi kabi avtomobil sanoati ulushi juda yuqori — YAIMning 10%i, ya’ni 510 mlrd dollarga teng. Statista.com xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bevosita avtosanoat va u bilan turdosh sohalarda Kunchiqar mamlakatda 5,9 mln odam ishlaydi.

Avtomobil sanoati global iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shmoqda?

Hindiston o‘z avtosanoatini chin ma’noda faol rivojlantirishni oxirgi 15 yilda boshlagan bo‘lsa-da, ammo allaqachon hayratlanarli natijalarga erishdi —2021 yil davomida ishlab chiqarish hajmi 4,4 mln birlikkacha o‘sdi. Ushbu janubiy osiyo mamlakatining YAIM 2021 yil yakunlariga ko‘ra, 2,85 trln dollarni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 8,4%ga o‘sishni ko‘rsatdi. Hindiston hukumatining maqsadli harakatlari tufayli avtosanoatning davlat milliy iqtisodiyotidagi ahamiyati so‘nggi yillarda 7,1%lik ko‘rsatkichga yetdi (202,35 mlrd dollar). 2,72 mln odam bevosita Hindiston avtosanoati korxonalarida ishlaydi va yana shuncha ish o‘rinlari turdosh sohalarda yaratilgan.

Avtomobil sanoati global iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shmoqda?

Janubiy Koreyada so‘nggi yil davomida 3,5 mln.dan ziyod avto ishlab chiqarilgan, mashinalarning taxminan 60%i esa tashqi bozorlarga eksport qilingan. Koreyadagi avtosanoat an’anaga muvofiq, asosiy “iqtisodiy lokomotiv”lardan biri sanaladi: ushbu mamlakatda sohaning YAIMdagi ulushi 10%dan oshiq. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Janubiy Koreya yalpi ichki mahsulotining o‘zi 2021 yilda 1,7 trln dollarga yetdi va 2020 yildagi 4%lik ko‘rsatkichni ortda qoldirdi.

Avtomobil sanoati global iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shmoqda?

Avtosanoat multiplikativ ta’sirga ega va o‘z ortidan qator turdosh sohalar, xususan, metallurgiya, kimyo, neft kimyo, elektron va yengil sanoat kabilarni ergashtiradi.

Kearney konsalting kompaniyasi mutaxassislarining fikricha, butun dunyoda avtomobillar mintaqaviy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi vazifasini o‘taydi. To‘liq sikldagi yirik avtozavodlar atrofida, tabiiyki, dastlabki komplektasiya (OEM) uchun tarkibiy qismlar ishlab chiqaruvchilari, xomashyoni qayta ishlash korxonalari, sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish nuqtalari, transport xizmatlari yetkazib beruvchilaridan iborat sanoat klasterlari shakllanadi. Ushbu klasterlar infrastruktura va ma’muriy hududlar rivojlanishi, yangi turar joy hududlarini yaratish, yakka tartibdagi daromadlarning o‘sishi va h.k. uchun zamin hozirlaydi. Avtozavodlar atrofida shakllangan shaharlarga Ulsan (Janubiy Koreya), Detroyt (AQSh) va Tolyatti (Rossiya) yaqqol misol bo‘la oladi.

«Avtobroker Klub» nashri bosh muharriri, avtobiznes sohasidagi ko‘plab Rossiya va xalqaro professional konferensiyalari ishtirokchisi Vitaliy Arxireev avtosanoatning xususiy, kichik va o‘rta biznes rivojlanishiga ta’sirini shunday izohlaydi: «Avtomobil bozoridagi faollik hatto o‘zini band qilganlar va kichik biznesga ham impuls beradi, chunki barcha avto egalari ham rasmiy tashkilot standarti xizmatlariga murojaat qilmay, nisbatan arzonroq xususiy avto ustalar xizmatini afzal biladi. Va bu holatda biz nafaqat xususiy tashkilot standartlari, balki ehtiyot qismlari do‘konlari, tyuning-atelye, deteyling-markazlari rivojlanishiga ham guvoh bo‘lamiz. Yuqorida tilga olinganlarning barchasi oddiy odamga yaqinroq va tushunarliroq. Bu pul ishlash, oilasi haqida qayg‘urishga yordam beradi».

Avtosanoatdagi bitta ish o‘rni qazib olish va qayta ishlash sohalarida to‘rtta va undan ko‘pi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi. Bu borada milliy avtomobil sanoatini rejali tarzda rivojlantirgan va kengaytirgan Janubiy Koreya tajribasi e’tiborga loyiq — bu boshqa sohalar qatorida mahalliy metallurgiya rivojlanishiga sabab bo‘ldi: shu tariqa, koreya kompaniyalari tomonidan po‘lat sotish hajmi 2002 yildagi 55 ming tonnadan 2012 yilda 210 ming tonnagacha oshdi.

Rossiya 2021 yilda jahon avtomil ishlab chiqarish reytingida 11-o‘rinni egalladi, mamlakatda 1,566 mln avto ishlab chiqarilgan. Avtosanoatning milliy YAIMdagi hissasi unchalik katta emasligicha qolmoqda — 1,5% atrofida. 2021 yildagi butun YAIM RFda 1,71 trln dollarni tashkil etdi (+4,7%). Shu bilan birga aholining bandligi nuqtai nazaridan, soha juda muhim — bevosita Rossiya avtosanoati korxonalarida 2020 yilda 278 ming nafardan ortiq odam mehnat qilgan, turdosh sohalarda esa yana 3,5 mln.ta ish o‘rni unga bog‘liq.

Avtomobil sanoati global iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shmoqda?

MDH mamlakatlari orasida so‘nggi yillarda avtosanoatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgan davlatlardan yana biri – O‘zbekiston. Milliy ishlab chiqaruvchi UzAuto Motors o‘z faoliyatini 1993 yildan boshlagan. Va shu munosabat bilan, ta’kidlash kerakki, Asaka shahridagi zavod Markaziy Osiyo hududidagi to‘liq siklda avtomobil ishlab chiqaruvchi yagona inshoot hisoblanadi.

Avtomobil sanoati global iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shmoqda?

2019 yildan buyon mamlakatda 2023 yilga qadar milliy avtosanoatni tezkor sur’atlarda rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi joriy qilingan. Uning doirasida UzAuto Motors’da qiymati 427,7 mln dollarga teng investision loyiha amalga oshiriladi. Uning asosida 2022 yilda korxonada (bu yerda ham to‘liq siklda — payvandlash va bo‘yash ishlari bilan) Amerikaning General Motors konserni tomonidan ishlab chiqilgan eng yangi GM GEM platformasida seriyali avtomobil ishlab chiqarish tashkil etiladi. GM GEM shassisining yangi modellari – Chevrolet Tracker - to‘rtinchi avlod ixcham krossoveri hamda hamyonbop sedan - Chevrolet Onix’dan umidlar katta.

2021 yil yakunlariga ko‘ra UzAuto Motors 235 000ta avtomobil ishlab chqiardi. Agar Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, O‘zbekiston sanoati qayta ishlash sohalari tuzilmasida avtosanoat ulushi 2021 yakunlari bo‘yicha 8,5%ga yetgan. 2020 yilda aynan UzAuto Motors hissasiga respublika milliy yalpi ichki mahsulotining 4,5%i, ya’ni 57,7 mlrd dollardan 2,6 mlrd dollar to‘g‘ri kelgan. 2021 yilda UzAuto guruhi korxonalarida 27 ming nafardan ziyod odam ishlagan – bu mamlakatning eng yirik ish beruvchilaridan biri. 2022 yil davomida esa UzAuto Motors Asaka va Xorazmdagi zavodlarida avtomobil ishlab chiqarish hajmlarini 275 mingta avtomobilgacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Shubhasiz, 2022 yil fevrali oxiri va mart oylarida iqtisodiyot va avtosanoat misli ko‘rilmagan global chaqiriqlarga duch keldi. G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashi jahon bozorlaridagi barqarorlikni izdan chiqardi — neft, gaz, metallar va boshqa xomashyo narxi keskin oshdi. Joriy vaziyat ishlab chiqarish va savdoga salbiy ta’sir qilmoqda, negaki, bir tomondan avtomobil ishlab chiqarishning tannarxi oshib, ikkinchi tomondan avtomobil ekspluatasiyasi qimmatlashdi. Harbiy-siyosiy turbulentlik sabab bu yilgi avtosanoat istiqbollari bo‘yicha prognozlarni ilgari surishning iloji yo‘q.

Allaqachon ma’lumki, «inqiroz» ma’nosini anglatuvchi xitoy iyeroglifini «imkoniyat» so‘zi sifatida o‘qish g‘am mumkin. Ko‘plab mamlakatlar avtomobil sohasining hozirgi inqirozi O‘zbekistonga yirik mintaqaviy avtomobil ishlab chiqarish markazi sifatidagi pozisiyasini mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyatni vujudga keltiradi.

Axir, Rossiyadan farqli o‘laroq, birinchidan, unga sanksiyalar bosim o‘tkazayotgani yo‘q. Ikkinchidan, o‘zbek avtomobilsozlarida Chevrolet jahon brendi bilan hamkorlik tufayli ishlab chiqarish va menejmentning eng yangi texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati mavjud va mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida mahsulot yetkazish borasida muammo yo‘q. Ularga faqat omad tilaymiz!

Kiritildi: 14:24 12.04.2022. O'qildi: 6173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!