Astriyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, Gerbert Kikl boshchiligidagi o‘ta o‘ng "Ozodlik" partiyasi parlamentda eng ko‘p o‘ringa ega bo‘lishi mumkin
Kutilmalar shuni ko‘rsatadiki, Kiklning partiyasi saylovchilarning 29,1% ovozini oladi. Uning eng yaqin raqobatchisi konservativ "Xalq" partiyasi esa 26,2% ovoz to‘plagan.
Shu bilan birga, "Ozodlik" partiyasi parlamentda mutlaq ko‘pchilik o‘rinni egallay olmadi. "Xalq" partiyasi yetakchisi, amaldagi kansler Karl Nexamner saylovlar oldidan Kikl bilan koalisiya tuzish imkoniyatini rad etgan edi.
Avstriyaning o‘ta o‘ng qanoti o‘tmishda bir necha bor boshqaruv koalisiyalarining bir qismi bo‘lgan, biroq u hech qachon eng yirik partiyaga aylanmagan.