Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Avstraliyalik fiziklar kvant kompyuterlari uchun tezkor elektron zambarak yaratdi

Avstraliyalik fiziklar kvant kompyuterlari uchun tezkor elektron zambarak yaratdi

Avstraliyalik fiziklar bir soniyada milliardlab yakka elektronlar harakatini boshqara oladigan o‘ta tezkor elektron zambarakni yaratdi. Bunday boshqaruv qobiliyati kvant komyuterlarini yaratish uchun muhim sanaladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Elektronlar harakati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish keng qamrovli kvant kompyuterlarini yaratishda muhim qadam sanaladi.

Avstraliyalik fiziklar kvant kompyuteri yaratish bo‘yicha ko‘p yillik tadqiqotlardan keyin ularning xotirasi bilan bog‘liq muhim yechimni topdi. Bunda ular kvant ma’lumotlarini tashuvchi yakka elektronlardan foydalandi. Bunday elektronlarni boshqarish oson, biroq ularni olish oson emas. Buning uchun bir soniyada bir necha milliard birlikni chiqaradigan elektron «zambarak» zarur.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 07:55 05.07.2018. O'qildi: 1438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!