Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Auksionda birinchi «chiroyli» mobil raqam 5,3 mln so‘mga sotildi

Auksionda birinchi «chiroyli» mobil raqam 5,3 mln so‘mga sotildi

11 iyunda Respublika tovar-xom ashyo birjasining axborot tizimida chiroyli sonlar kombinasiyasiga ega mobil telefon raqamini sotish bo‘yicha ilk bitim tuzildi.

O‘tkazilgan elektron savdo natijasiga ko‘ra onlayn-auksion orqali «COSCOM» MCHJ (Uselltm) uyali aloqa operatorining (+998 93) 577-88-88 birinchi mobil raqami sotildi.

 

Ushbu lot 4 iyun kuni Toshkent shahar jismoniy shaxslari uchun savdoga quyilgan. Boshlang‘ich bahosi 4 000 000 so‘mlik mobil raqamning sotilish qiymati 5 360 000 so‘mgacha o‘sgan. O‘sish darajasi boshlang‘ich narxga nisbatan 34%ni tashkil etgan.

 

Savdo g‘olibi 5 kun mobaynida tuzilgan bitim bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplashi va keyingi 10 kun davomida raqamni «COSCOM» MCHJ (Uselltm) ofisida rasmiylashtirishi kerak.

Kiritildi: 14:21 12.06.2019. O'qildi: 3550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!