Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan tashkilot faoliyati sud qaroriga asosan vaqtincha to‘xtatildi

Atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan tashkilot faoliyati sud qaroriga asosan vaqtincha to‘xtatildi

 «G.S.» xususiy korxonasi Sergeli tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi jismoniy sog‘lomlashtirish majmuasi hududida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xususan suvoqava normalariga zid ravishda  avtomobillarni yuvish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan.
 Shundan so‘ng, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil                           5 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 29-sonli qarorining 1-ilovasi, 22-bandi, 10-qismiga ko‘ra, atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’ektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish, to‘xtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida, shuningdek atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi sababli «G.S.» xususiy korxonasining faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turishni so‘ragan.
 O‘zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuning 13-moddasiga muvofik, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarish, unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishning belgilangan shart va talablarini buzish bilan bog‘liq faoliyat mahalliy davlat hokimiyati, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘likni saqlash vazirligi organlari tomonidan qabul qilingan qaror bilan cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi, zararli ta’sir ko‘rsatish sabablari bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin. 
 “Tabiatni  muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi  Qonunining 15-moddasiga muvofiq, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar atrof-muhitga ta’sirning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori darajalarini tartibga soluvchi ekologik va boshqa yo‘sindagi mezonlarni ishlab chiqishlari shart.
 Shuningdek, mazkur qonunning 24-moddasida davlat ekologik ekspertizasi xo‘jalik qarori qabul qilinishidan oldin o‘tkazilishi shart bo‘lgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiri ekanligi hamda davlat ekologiya ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda o‘tkazilishi ko‘rsatilgan.
 Konunning 25-moddasiga muvofiq davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasisiz loyihalarni ruyobga chiqarish man etilishi ko‘rsatilgan.
 Sud tomonidan ishning haqiqiy holatlari taqdim etilgan dalillar asosida o‘rganib chiqildi va «G.S.» xususiy korxonasi faoliyati yuzasidan davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olinmaganligi va suvoqava normalariga zid ravishda avtomobillarni yuvish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi sababli 2020 yil 3 sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vo qanoatlantirildi hamda «G.S.» xususiy korxonasining faoliyati ekologik ekspertiza xulosasini olguniga qadar to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilindi.
 
 N.Xamidov
 Toshkent tumanlararo 
 iqtisodiy sudining sudyasi

Kiritildi: 17:33 03.12.2020. O'qildi: 1401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!