Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Atamboyevning oila a’zolari va yaqinlari qiynoqqa solinmoqda (video)

Atamboyevning oila a’zolari va yaqinlari qiynoqqa solinmoqda (video)

Qirg‘izistonda sobiq prezident Almazbek Atambayevning rafiqasi Raisa Atambayeva oila a’zolari va yaqinlari ommaviy ta’qib qilinayotganini ma’lum qildi. Sputnik’ning yozishicha, bu haqda u 16 avgust kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosi oldida jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Raisa Atambayevning so‘zlariga qaraganda, hozirda Atambayevning tarafdorlari, oila a’zolari va yaqin qarindoshlari yoppasiga ta’’ib ostiga olingan. Atambayevning to‘ng‘ich o‘g‘li Seyitbek vahshiylarcha kaltaklangan va uni har kuni so‘roqqa chaqirishadi.

Uning ma’lum qilishicha, «Ala-Archa» davlat qarorgohidagi uy-joy ham muhrlangan. Bundan tashqari, 2002 yilda ochilgan oila hisobi esa hibsga olingan. Atambayeva hozirda ular yashab turgan yagona uyni hukumat olib qo‘yishidan tashvishlanmoqda.

«Hozirgina menga nisbatan Arabayev ishi bo‘yicha jinoiy ish ochishayotganini bildim. Men hech qachon sudyalar ishiga aralashmaganman. Siyosat nopok ish ekanini bilardim va hech qachon unga aralashmaslikka harakat qilardim. Men hatto qaysi sud qayerda joylashgani bilmayman, hech bir sudyani tanimayman», — degan Raisa Atambayeva.

Qirg‘iziston prezidenti apparatining sud islohoti va qonuniyligi bo‘limining sobiq rahbari Manas Arabayev joriy yil yozida qo‘lga olingan. U korrupsiyada ayblanmoqda.

Kiritildi: 15:09 17.08.2019. O'qildi: 4414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!