Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Atambayevning rafiqasiga qarshi jinoiy ish ochildi

Atambayevning rafiqasiga qarshi jinoiy ish ochildi

Qirg‘izistonnng sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning turmush o‘rtog‘i Raisa Atamboyevaga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda uning o‘zi bugun, 16 avgust kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosi oldida ma’lum qildi. Bu binoda Almazbek Atamboyevga ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Sobiq birinchi xonim hech qachon siyosatga, xususan, sudlar ishiga aralashmaganini ma’lum qildi. Raisa Atamboyeva Almazbek Atamboyevning yaqinlari, qarindoshlari va maslakdoshlari quvg‘in ostiga olinganini ham aytib o‘tdi.

“Men haqiqatda Manas Araboyevni taniyman, negaki u Almazbek Atamboyevning jamoasida bo‘lgan. Siyosat yaramas ish ekanini bilardim va unga aralashmaslikka harakat qilardim. Men hatto qaysi sud qayerda ekanini ham bilmayman. Birinchi xonim bo‘la turib, hech qayerga aralashmaslik uchun ishlaganman. Bugun bildimki, menga ham jinoyat ishi ochilgan”, dedi Raisa Atamboyeva.

Kiritildi: 13:51 16.08.2019. O'qildi: 2248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!