Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Atambayev kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘lga olinadimi? Voqea joyidan reportaj

Atambayev kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘lga olinadimi? Voqea joyidan reportaj

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev uyi hududida joylashgan xalq shtabida Atambayevning kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘lga olinishiga qarshi tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Hozirda siyosatchining 200 nafar tarafdori ushbu shtabda bo‘lib turmoqda. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

Kuni kecha, 18 iyul kuni Atambayevning jamoatchilik asosida ishlaydigan maslahatchisi Kunduz Joldubayeva milisiya uni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘lga olishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Sal vaqt o‘tib, IIV matbuot-xizmati bu xabarni rad etdi va bunday buyruq bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Ayni vaqtda Atambayevning uyiga kiraverishda o‘nlab avtomobillar joy olgan, ikkinchi kirish joyi yuk mashinasi bilan to‘silgan, sobiq prezident uyining ikkinchi qavati derazalari qum to‘la qoplar bilan to‘sib qo‘yilgan. Xalq shtabidagilarning aytishiga ko‘ra, hozirda Atambayev tarafdorlari kelishi kutilmoqda, ular orasida ot minganlari ham bo‘lishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atambayevga so‘roqqa kelish haqidagi birinchi chaqiruv qog‘ozi 9 iyulda kelgan. Biroq sobiq prezident so‘roqqa borishdan bosh tortib, chaqiruv qog‘ozini hatto qo‘liga olmasligini aytgan. 

Qirg‘iziston parlamenti 20 iyun kuni maxsus komissiya tomonidan tayyorlangan Atambayevga qarshi ayblovlar ro‘yxatini prokuraturaga topshirdi. Xulosaga ko‘ra, Atambayev bir nechta jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

Atambayev o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlar "safsata"dan boshqa narsamasligini ma’lum qilib, "men xalqqa halol xizmat qilganman", deya ta’kidlagan.

Kiritildi: 13:18 19.07.2019. O'qildi: 4309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!