Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ashraf G‘ani "Facebook"dagi sahifasiga hujum uyushtirilganini ma’lum qildi

Ashraf G‘ani "Facebook"dagi sahifasiga hujum uyushtirilganini ma’lum qildi

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining "Facebook"dagi sahifasi hujumga uchradi. Bu haqda siyosatchining Twitter᾽dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

“Ashraf G‘anining Facebook᾽dagi rasmiy sahifasi hujumga uchradi. Unda kechadan boshlab joylashtirilgan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, - deyilgan bayonotda.

Avvalroq G‘anining Facebook᾽dagi sahifasida sobiq prezident go‘yoki xalqaro hamjamiyatni toliblar hukumatini tan olishga chorlayotgani haqidagi xabar paydo bo‘lgan edi. “Xalqaro hamjamiyat afg‘on xalqini ajratib qo‘ymasdan hozirgi hukumat bilan hamkorlik qilishi kerak. Yordam bering <...> va uning tan oling”, - deyilgan xabarda.

15 avgust kuni "Tolibon" vakillari Kobulni qurshab olgach, 2014 yildan buyon mamlakatga rahbarlik qilib kelgan prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etgan edi. Hozir u Birlashgan Arab Amirliklaridan boshpana topgan.

Kiritildi: 16:20 27.09.2021. O'qildi: 1906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!